Bugun 9 yanvar, 2025 yil, payshanba

КИР

Toshkentda avtobuslarda yo‘l haqini naqd pulda to‘laganlar rostdan jarimaga tortiladimi?

Toshkentda avtobuslarda yo‘l haqini naqd pulda to‘laganlar rostdan jarimaga tortiladimi?

Xabaringiz bor, Toshkent shahrida 2025 yil 1 yanvardan boshlab, avtobuslar salonida naqd pul qabul qilish amaliyoti to‘xtatildi!!!

Ijtimoiy tarmoqlar orqali Toshkent shahar avtobus yo‘nalishlarida naqd pulda to‘lov qilgan yo‘lovchilar jarimaga tortilishi to‘g‘risida asossiz ma’lumotlar joylanmoqda.

O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 144-moddasida yo‘lovchining trolleybusda, tramvayda, shahar ichida va shahar atrofiga qatnaydigan avtobusda chiptasiz yurishi — BHMning o‘ndan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab bo‘lishi belgilangan.

Transport vazirligi o‘z vaqtingizni va mablag‘ingizni tejash uchun avtobuslarda yo‘l haqini 1700 so‘m evaziga elektron to‘lov turlari, ya’ni:

🔵Bank kartalari,

🔵Mobil ilovalar hamda

🔵ATTO transport va virtual kartalari orqali amalga oshirishingizni tavsiya qiladi.

Kiritildi: 21:30 07.01.2025. O'qildi: 846 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!