Qish mavsumida aholi va strategik ob’ektlarga tabiiy gaz yetkazib berish maqsadida poytaxtdagi avtobuslar uchun gaz shoxobchalari soni 33 tadan 11 taga tushirildi.
“Toshshahartransxizmat” AJ ma’lum qilishicha, poytaxtda kun davomida 1 000 dan ortiq katta avtobuslar siqilgan tabiiy gazda harakatlanadi.
Gaz shoxobchalari sonining kamaytirilishi avtobuslarda navbatlarning paydo bo‘lishiga va yoqilg‘i quyish vaqtlarining uzayishiga sabab bo‘lgan.
Havo sharoiti va magistral gaz quvurlaridagi bosim pasayishi ham ushbu holatga ta’sir ko‘rsatgan. Hozirda vaziyat tungi navbatchilik va doimiy nazorat orqali barqarorlashtirilmoqda.