Bugun 2 noyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Toshkentda 74 yoshli fuqaro tamaki chekaman deb uyini yondirib yubordi va halok bo‘ldi

Toshkentda 74 yoshli fuqaro tamaki chekaman deb uyini yondirib yubordi va halok bo‘ldi

31 oktyabr kuni soat tungi 02:10larda Toshkent shahar Olmazor tumani «Chinobod» MFY Sag‘bon 30-berk ko‘chasida joylashgan 5-uydagi xonadonlarning birida yong‘in sodir bo‘lgan. Yong‘in natijasida, xonadonning taxminan 10 kv.m maydonda ichki qismi yonib zararlangan. Xonadonda yashovchi 1950 yilda tug‘ilgan fuqaro halok bo‘lgan.

Oila a’zolarining so‘zlariga ko‘ra, 1950 yilda tug‘ilgan fuqaro insult kasalligiga uchragani va shu sababli harakatlana olmaganligi uchun oxirgi yillari oila a’zolari nazoratida yotoq holatida bo‘lgan. Yong‘in oqibatida halok bo‘lgan fuqaro, yotoq joyida tamaki mahsulotini chekish natijasida, yong‘in sodir bo‘lgani taxmin qilinmoqda.

Kiritildi: 17:34 01.11.2024. O'qildi: 355 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!