'Qalbaki hujjatlar asosida olib kirilgan katta miqdordagi tovarlar fosh etildi'ning rasmi
Davlat xavfsizlik xizmati va Bojxona qo‘mitasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbiri davomida xorijdan O‘zbekistonga qalbaki hujjatlar asosida olib kirilgan katta miqdordagi tovarlar aniqlandi.
Ma’lum qilinishicha, tezkor tadbir davomida Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida yashovchi, 2001 yilda tug‘ilgan fuqaro boshqarayotgan yuk avtomobili Toshkent shahrining Chilonzor tumanida joylashgan bojxona omborida xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilgan.
Tekshiruv jarayonida transport vositasida tranzit deklarasiyasi hamda yo‘l kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilmagan quyidagi tovarlar borligi aniqlangan:
2 490 dona tibbiy buyum;
13 794 quti dori vositasi;
880 dona biologik faol qo‘shimcha;
273 370 quti sigareta va tamaki mahsuloti;
3 131 dona elektron sigareta;
8 591 dona uyali telefon apparati;
19 dona planshet;
52 dona parfyumeriya mahsuloti.
Shuningdek, hujjatlarda ko‘rsatilgan miqdori va boshqa xususiyatlari amaldagi holatiga mos kelmaydigan 72 501 dona qurilish asbob-uskunasi ham aniqlangan.
Tezkor tadbir davomida mazkur transport vositasi egasi poytaxtda yashovchi, 1978 va 1995 yillarda tug‘ilgan ikki nafar fuqaro bilan til biriktirib, ushbu tovarlarni qalbaki bojxona hujjatlari asosida qo‘shni davlatdan O‘zbekistonga olib kirgani ma’lum bo‘lgan.
Kiritildi: 13:52 21.08.2026.
O'qildi: 468 marta.
Fikrlar soni: 0 ta.