Bugun 4 noyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Toshkentda 24 kvadrat metrlik uyga 35 kishi ro‘yxatga qo‘yildi

Toshkentda 24 kvadrat metrlik uyga 35 kishi ro‘yxatga qo‘yildi

Holatga ko‘ra, ro‘yxatdagi har bir kishiga o‘rtacha 0,7 kvadrat metr maydon to‘g‘ri kelgan — bu stol maydonidan ham kichik.

Toshkent shahrida uy-joy ijarasi bilan bog‘liq g‘ayrioddiy holat aniqlandi. Davlat soliq qo‘mitasi “E-ijara” elektron tizimi orqali o‘tkazilgan monitoring natijasida taxminan 24 kvadrat metr maydonga ega bo‘lgan xonadonga jami 35 nafar fuqaro ro‘yxatga qo‘yilgani ma’lum bo‘ldi.

Tahlil jarayonida kvartira egasi ikki nafar talaba bilan rasmiy ijara shartnomasi tuzib, ularga atigi 0,5 kvadrat metr maydondan ijaraga bergani va har biridan oyiga 1,5 million so‘mdan to‘lov undirilgani qayd etildi. Shuningdek, ushbu manzilda qo‘shimcha yana 33 kishi ro‘yxatdan o‘tkazilgani aniqlangan. Natijada har bir fuqaro ulushiga o‘rtacha 0,7 kvadrat metr maydon to‘g‘ri kelmoqda — bu mebel stoli maydonidan ham kichik.

Soliq organlari amaldagi ijtimoiy me’yorlarga ko‘ra, bir kishi uchun minimal yashash maydoni kamida 16 kvadrat metr etib belgilanganini eslatib, uy-joylarni ijaraga berishda belgilangan normalarga rioya etish, ijarachilar uchun munosib yashash sharoitini yaratish zarurligini ta’kidladi.

Kiritildi: 13:47 01.11.2025. O'qildi: 715 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!