Bugun 6 iyun, 2025 yil, juma

КИР

Toshkentda 23 yoshli mast haydovchi sabab 5 ta avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi

Toshkentda 23 yoshli mast haydovchi sabab 5 ta avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi

Toshkent shahar Yangihayot tumanida 23 yoshli mast haydovchi sabab 5 ta avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 8 fevral kuni soat 15:30 larda Yangihayot tumani Yangi Sergeli ko‘chasidagi Index bozor hududida 2002 yilda tug‘ilgan B.X. boshqaruvidagi Lacetti, 1984 yilda tug‘ilgan S.M. boshqaruvidagi Lacetti, 1998 yilda tug‘ilgan B.Q. boshqaruvidagi BYD, 2001 yilda tug‘ilgan A.E. boshqaruvidagi Spark hamda 1998 yilda tug‘ilgan I.M. boshqaruvidagi BYD rusumli transport vositalari o‘zaro to‘qnashuvi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Bildirilishicha, Lacetti haydovchisi – 2002 yilda tug‘ilgan B.X. mast holatda rul boshqaruvini yo‘qotib YTH sodir etgan. Oqibatda Spark rusumli avtomashina haydovchisi 2001 yilda tug‘ilgan A.E. va yo‘lovchisi 2000 yilda tug‘ilgan F.U. ga shifokorlar tomonidan birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 11:11 10.02.2025. O'qildi: 1085 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!