Bugun 16 sentyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Toshkentda 20 ta korxonaning faoliyati Ekologiya vazirligi tomonidan to‘xtatildi

Toshkentda 20 ta korxonaning faoliyati Ekologiya vazirligi tomonidan to‘xtatildi

Joriy yilning dastlabki 8 oyi davomida Toshkent shahri atmosfera havosini yaxshilash maqsadida bir qator ijobiy o‘zgarishlar amalga oshirildi. Xususan, Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 8 fevraldagi 59-F-son farmoyishiga asosan, Toshkent shahrida 12 ta hududiy ishchi guruh tashkil etildi. Sanoat korxonalari, ijtimoiy soha ob’ektlari va issiqxona xo‘jaliklaridan atmosferaga tashlamalarni kamaytirish maqsadida tuzilgan ishchi guruhlarga vazirlik va idoralardan jami 150 nafardan ortiq mutaxassislar jalb qilindi.

Ishchi guruh tomonidan sanoat korxonalari, issiqxonalar va atmosferaga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan boshqa ob’ektlar faoliyati doimiy o‘rganib borilmoqda. Xususan, 2025 yilning yanvar — avgust oylarida 1452 ob’ekt xatlov qilindi, 174 ta tungi reyd tadbiri o‘tkazilib, 281 ta qonun buzilish holati aniqlandi. 154 nafar shaxsga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 20 ta ob’ekt faoliyatini vaqtincha to‘xtatish haqida sudga ariza kiritildi, 179 ta qonun buzilish holati bartaraf etildi. Shuningdek, 11 ta zamonaviy qozon, 19 ta filtr va 12 ta chang tozalash uskunalari o‘rnatildi.

Davlat rahbarining 2023 yil 31 maydagi 81-sonli Farmoniga muvofiq, har bir yirik sanoat korxonasi hududi va qo‘shni hududlarda “Yashil belbog‘”lar barpo etilmoqda. Shu maqsadda 2025 yilda yirik qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi va boshqa 1–2-toifaga mansub 60 ta korxona tomonidan 200 ming tup daraxt va buta ko‘chatlari ekilishi rejalashtirildi. Bahorgi mavsumda 79 490 tup ko‘chat ekildi.

Bundan tashqari, yar yili ikki bosqichda o‘tkaziladigan “Toza havo” oyligining birinchi bosqichida (10 aprel – 10 may) Toshkentda 40 050 ta avtotransport vositasi tekshirildi. Ularning 586 tasida atmosfera havosiga tashlanayotgan zararli gazlar miqdori me’yordan ortiqligi aniqlanib, belgilangan tartibda kamchiliklar bartaraf etildi. Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida atmosferaga 4,7 ming tonna zararli tashlamalar chiqarilishining oldi olindi. Bugun esa Toshkentda "Toza havo" oyligining ikkinchi bosqichi boshlandi (10 sentyabr – 10 oktyabr).

Toshkent shahri atmosfera havosi sifatini yaxshilash, zararli omillarni bartaraf etish borasidagi chora-tadbirlar davom ettirilmoqda.

Kiritildi: 11:15 15.09.2025. O'qildi: 390 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!