2022 yil 29 yanvar kuni soat 03:00 larda, Mirobod tumanida xizmat olib borayotgan YPX xodimlari A.Muminov va Z.Tilepovlar tomonidan, KXAY ko‘chasi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan "Nexia" rusumli avtomobil to‘xtatilib, xolis va guvohlar ishtirokida tekshirilganida, yo‘lovchi, 2003 yilda tug‘ilgan O.X.ning sumkasidan tegishli hujjatlari bo‘lmagan pnevmatik qurol borligi aniqlangan.
Mazkur xolat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, fuqaro O.X. va aniqlangan qurol Mirobod tumani IIO FMBga topshirilgan.