Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Toshkentda 16 yoshli yigit o‘zidan katta yigitni urib o‘ldirib qo‘ydi

Toshkentda 16 yoshli yigit o‘zidan katta yigitni urib o‘ldirib qo‘ydi

Toshkent viloyati Angren shahrida ikki o‘quvchi o‘rtasida sodir bo‘lgan janjal oqibatida ulardan biri vafot etdi. Bu haqda viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, joriy yilning 20 mart kuni soat tungi 23:30 lar atrofida Toshkent viloyati Angren shahrida yashovchi umumta’lim maktabining 9-sinf o‘quvchisi (2008 yilda tug‘ilgan) M. D. 2006 yilda tug‘ilgan O. A. bilan o‘zaro kelishmovchilik natijasida janjallashgan.

O. A. ushbu janjal natijasida olgan tan jarohatlari oqibatida sog‘lig‘i yomonlashib, vafot etgan. Ayni vaqtda mazkur holat yuzasida JKning 104-moddasi 3-qismi “d” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan hamda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 11:19 28.03.2024. O'qildi: 3520 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!