Bugun 22 avgust, 2025 yil, juma

КИР

Toshkentda 11 nafar xodimning nomiga mikroqarz ajratishga erishgan sobiq xodim aniqlandi

A A A
Toshkentda 11 nafar xodimning nomiga mikroqarz ajratishga erishgan sobiq xodim aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bektemir tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro S.E 2018-2021 yillarda Toshkent shahri bo‘yicha G‘aznachilik boshqarmasida turli lavozimlarda ishlagan davrida, 11 nafar xodimning nomiga ularning xabarisiz 2 ta tijorat bankidan jami 212 mln so‘m mikroqarz ajratilishiga erishib, kredit mablag‘larini o‘zining shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflab, talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 11:18 28.01.2022. O'qildi: 1632 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!