Markaziy bank 2023 yil uchun ko‘chmas mulk hisobotini e’lon qildi. Yil davomida O‘zbekistonda 335 mingta ko‘chmas mulk oldi-sotdisi ro‘yxatdan o‘tkazilgan.
2023 yilda eski uylar narxi (ikkilamchi bozor) 35,1 foizga oshgan bo‘lsa, yangi uylar (birlamchi bozor) 39,6 foizga qimmatlagan.
Toshkent shahrida uylarning 1 kv metri uchun o‘rtacha narx 1 212 dollarga yetgan (2022 yilda 933 dollar).
Poytaxtda 1 sotix yerning narxi 2022 yilgi 263 mln so‘mdan 362 mln so‘mga oshgan.
Uylar narxi oshayotganiga qaramasdan, ularning ijara orqali o‘zini qoplash muddati kengaymoqda.
Agarda 2022 yilda sotib olingan uylarning ijara orqali o‘zini qoplash muddati 7,1 yil bo‘lgan bo‘lsa, 2023 yilda bu 8,2 yilga yetgan.