Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Toshkent yashash uchun dunyoning eng arzon shaharlaridan biri – reyting

Toshkent yashash uchun dunyoning eng arzon shaharlaridan biri – reyting

Numbeo  nomli internet manbaasi ma’lumotlariga ko‘ra, Toshkent yashash uchun dunyoning eng arzon shaharlaridan biri ekan.

Reytingga ko‘ra, eng qimmat shaharlarbirinchi beshligida Shveysariyaning Syurix, Bazelb Lozannab Jeneva va Bern shaharlari kiritilgan.

Ulardan so‘ng Norvegiyaning 4ta shahri Stavanger, Oslo, Tronxeym, Bergen hamda Islandiyaning Reyk’yavik shaharlari kiritilgan.

Shuningdek Tokio – 18, Seul – 23, London – 28,  Singapur – 29,  Amsterdam – 38, Los-Anjeles – 50, Xelsinki – 90, Rim -114, Frankfurt – 124, Dubay – 152, Stambul - 325 o‘rinlarni egallagan.  

MDH shaharlari orasida eng qimmati Moskva bo‘lib, u reytingda 251-o‘rinni egallagan.

Markaziy Osiyo shaharlari esa reyting oxiridan, ya’ni yashash uchun eng arzon bo‘lgan shaharlar qatoridan o‘rin olgan. Qozog‘istonning Ostona va Olma-Ota shaharlari 386-389-o‘rinlarda, Bishkek – 410 o‘rinda, Tashkent – 413 o‘rinda.

Portal e’lon qilgan reytingda dunyoning 440 ta eng yirik shaharlari kiritilgan.

Numbeo reytingini hisoblashda mutaxassislar bir oylik yashash xarajatlari, xonadon ijarasi xarajatlari, ovqatlanish va transport hamda tibbiyot xozmatlari shuningdek aholi daromadini ham hisobga olishgan.

 

Kiritildi: 13:16 18.01.2020. O'qildi: 2618 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!