Bugun 15 iyun, 2026 yil, dushanba

КИР

Toshkent xalqaro investisiya forumi doirasida yirik tennis turniri o‘tkazildi

Toshkent xalqaro investisiya forumi doirasida yirik tennis turniri o‘tkazildi

15 iyun kuni Olimpiya shaharchasida V Toshkent xalqaro investisiya forumi doirasida katta tennis bo‘yicha keng ko‘lamli turnir tashkil etildi. Sport tadbiri Investisiyalar, sanoat va tashqi savdo vazirligi hamda O‘zbekiston tennis federasiyasi tomonidan Sport vazirligi va Milliy olimpiya qo‘mitasi ko‘magida yuqori darajada o‘tkazildi.

Musobaqada mamlakatimiz va xorijning yirik kompaniyalari rahbarlaridan iborat 20 nafar ishtirokchi kortga chiqdi. Turnirda Rothschild & Co, BlackRock, International Hospitals Group, Nordic Star Law Offices va ACWA Power kabi jahon miqyosidagi kompaniyalar vakillari qatnashdi. Shuningdek, O‘zbekistonning yetakchi tuzilmalari — O‘zKTM, Kapital.uz, Clinics.uz, Centil Law Firm va “Ipak Yo‘li” bankining top-menejerlari ham bellashuvlarda ishtirok etdi.

Tadbirning eng muhim voqealaridan biri O‘zbekiston tennis federasiyasi va ACWA Power hamkorligida amalga oshirilayotgan “Generations United” («Avlodlar birlashuvi») ijtimoiy tashabbusining taqdimoti bo‘ldi.

Loyiha avlodlar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash, keksa yoshdagi insonlarning jamiyat hayotida faol ishtirokini qo‘llab-quvvatlash va ularning ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan.

Forum doirasida yoshlar va nuroniylar ishtirokida maxsus mahorat darslari tashkil etildi. Shundan so‘ng ular aralash jamoalar tarkibida “Generations United Tiebreak Slam” turnirida ishtirok etib, sport orqali avlodlar o‘rtasidagi hamjihatlik va hamkorlik g‘oyasini namoyon etdilar.

Tadbir sport, biznes va ijtimoiy tashabbuslarni birlashtirgan holda xalqaro investisiya forumining eng yorqin voqealaridan biriga aylandi.

Kiritildi: Bugun 18:48. O'qildi: 166 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!