Bugun 11 may, 2024 yil, shanba

КИР

Toshkent viloyatida yangi universitet ochiladi

Toshkent viloyatida yangi universitet ochiladi

Toshkent viloyati Qibray tumanida International School of Finance and Technology (ISFT) universiteti tashkil etiladi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori loyihasi muhokama uchun maxsus portalga joylashtirildi.

“International School of Finance Technology and Science” MCHJ muassisligidagi mazkur universitet nodavlat oliy ta’lim tashkiloti hisoblanadi.

Universitetda respublikadagi ehtiyojlarni hisobga olib, xalqaro buxgalteriya hisobi va audit, biznes boshqaruvi, moliyaviy tahlil, moliyaviy risk boshqaruvi hamda boshqa sohalarda yuqori malakali kadrlarni tayyorlaydi. 

Universitetda o‘qitish o‘zbek, rus va ingliz tillarida amalga oshiriladi. Bitiruvchilarga O‘zbekiston Respublikasining oliy ma’lumot to‘g‘risidagi davlat namunasidagi diplom, xorijiy hamkorlar bilan tashkil etiladigan ASSA (Association of Chartered Certified Accountants) xalqaro dasturi bo‘yicha ta’lim olgan bitiruvchilarga esa Oxford Brookes University diplomi beriladi.

Muassis tomonidan universitetni rivojlantirish rejalariga muvofiq, respublikaning boshqa viloyatlarida universitetning filiallari tashkil etilishi mumkin.

Binosi Toshkent viloyati, Qibray tumani, “Salor” shaharcha fuqarolar yig‘inida joylashadigan universitetga 2023 yil 1 yanvarga qadar davlat tomonidan qator soliq imtiyozlari va preferensiyalar berilmoqda.

Kiritildi: 16:33 14.02.2021. O'qildi: 3282 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!