Bekobod tumanida yashovchi fuqaro X.Eshmatov tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, joriy yilning 18 yanvardan 19 yanvarga o‘tar kechasi o‘ziga tegishli savdo do‘koniga noma’lum shaxs yashirin ravishda kirib, (taxminiy summasi 4 mln so‘mdan ortiq bo‘lgan) oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlarni olib ketganligini va ushbu shaxslarga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘raydi.
Olib borilgan qidiruv-surishtiruv ishlari natijasida ushbu jinoyatni Bekobod shahri 5-dahada yashovchi 1995 yilda tug‘ilgan A.P. sodir etganligi PPX xodimlari safdor U.Azimov va SH.Qorayevlar tomonidan aniqlanib, 2 iyun kuni ushlandi.
Shuningdek, savdo do‘kondan o‘g‘irlangan 10 dan ortiq qurilish mollari daliliy ashyo sifatida olinib, holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan qo‘zg‘atilgan va jinoyat ishi tergovga o‘tkaziladi.