Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Piskent tumani bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda "Rh." MCHJ rahbari A.S. fuqaro R.M. bilan o‘zaro til biriktirib, tegishli hujjatlari bo‘lmagan 95 000 dona tibbiy qo‘lqoplarni fuqaroga 180 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni o‘tkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish, dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizasiya qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.