Bugun 17 aprel, 2026 yil, juma

КИР

Toshkent viloyatida tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan novvoyxona aniqlandi

A A A
Toshkent viloyatida tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan novvoyxona aniqlandi

"O‘zenergoinspeksiya" Toshkent viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirida Zangiota tumanida fuqaro A.T. ga qarashli novvoyxonada hech qanday hujjatsiz, tabiiy gazdan noqonuniy ravishda foydalanib kelayotganligi ma’lum bo‘ldi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra gaz ta’minoti korxonasiga 561 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.

Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 11:30 11.09.2025. O'qildi: 825 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!