Bugun 20 noyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Toshkent viloyatida salkam 7 kg.lik chaqaloq tug‘ildi

Toshkent viloyatida salkam 7 kg.lik chaqaloq tug‘ildi

Nurafshon shahar Tug‘ruq kompleksida vazni 6 kilogramm 865 gramm bo‘lgan chaqaloq dunyoga keldi. Bu haqda Toshkent viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi xabar qildi.

Chaqaloqning ahvoli qoniqarli deb baholanmoqda. Ona kesarcha kesish orqali tug‘dirilgan, bu uning ikkinchi farzandidir.

Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Feruza Rahmatullayevaning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda ona va bola shifokorlar nazoratida. Bunday holat Toshkent viloyatida birinchi bor kuzatilayotganini ta’kidlaydi.

Kiritildi: Bugun 09:09. O'qildi: 360 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!