Bugun 21 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

Toshkent viloyatida qizlarni fohishalik uchun Turkiyaga jo‘natayotgan ayol ushlandi

A A A
Toshkent viloyatida qizlarni fohishalik uchun Turkiyaga jo‘natayotgan ayol ushlandi

Toshkent viloyati IIBB tezkor xodimlari tomonidan navbatdagi odam savdosi bilan bog‘liq holatga chek qo‘yildi. Bu haqda boshqarma axborot xizmati xabar berdi.

O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Bo‘stonliq tumanida yashovchi 42 yoshli ayol 22-43 yosh orasidagi to‘rt nafar ayolni mo‘may daromad topadigan ish topib berishni va’da qilib, fohishalik bilan shug‘ullantirish maqsadida Toshkent—Istanbul aviareysi orqali Turkiya davlatiga jo‘natayotgan vaqtida viloyat IIBB tezkor xodimlari tomonidan ushlab qolindi.

Mazkur holat yuzasidan ushlangan shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 135-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 16:49 08.06.2024. O'qildi: 1576 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!