Bugun 18 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

Toshkent viloyatida “Open budjet”da ovoz yig‘ish uchun o‘quvchilardan 10 ming so‘mdan pul yig‘ilayotgani aytilmoqda

A A A
Toshkent viloyatida “Open budjet”da ovoz yig‘ish uchun o‘quvchilardan 10 ming so‘mdan pul yig‘ilayotgani aytilmoqda

Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanida “Open budjet”da ovoz yig‘ish maqsadida sim karta olish uchun o‘quvchilardan 10 ming so‘mdan pul yig‘ilayotgani aytilgan videolar tarqaldi.

Toshkent viloyat hokimining axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisining ma’lum qilinishicha, videodagi holat Oqqo‘rg‘on tumanidagi 17-maktabda sodir bo‘lgan.

"Toshkent viloyati, Oqqo‘rg‘on tumani, “Bayguli” MFYdagi 17-maktab o‘quvchilari darsga kiritilmay, sim karta sotib olish uchun 10 ming so‘mdan 20 ming so‘mgacham pul olib kelish uchun o‘z xonadonlariga jo‘natilayotganiga oid videolar tegishli tashkilotlar tomonidan o‘rganilmoqda.

Bugungi kunda keng ommalashib, xalq ovoziga aylanib borayotgan “Open budjet” kampaniyasini bunday talqin qilish, bolalardan foydalanishni oqlab bo‘lmaydi.

Vaziyat viloyat hokimining o‘rinbosari Otabek Sultonbekov tomonidan nazoratga olindi va o‘rganish boshlandi.

Toshkent viloyati hokimligi yaqin soatlarda holat bo‘yicha batafsil va asoslantirilgan axborot beradi, - deyiladi Matbuot kotibining bayonotida.

Kiritildi: 14:48 29.03.2023. O'qildi: 1953 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!