Toshkent viloyati IIBB YHXB matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, avariya 2 sentyabr kuni soat taxminan 18:30 da «Toshkent–O‘sh» avtomobil yo‘lining Ohangaron tumani hududidan o‘tuvchi qismida sodir bo‘lgan.
62 yoshli Isuzu rusumli yo‘lovchi avtobusi haydovchisi ruxsat etilgan joyda qayrilib olayotgan vaqtida qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanayotgan Gentra bilan to‘qnashgan. Zarba oqibatida avtobus ag‘darilib ketgan.
Hodisa natijasida 29 yoshli Gentra haydovchisi va avtobusda bo‘lgan ikki nafar yo‘lovchi turli darajada tan jarohatlari olib, shifoxonaga yotqizilgan.
Holat yuzasidan hozirda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.