Bugun 2 sentyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

O‘zbekistonga ko‘chib kelganlar soni 2,5 barobarga oshdi: qaysi davlatlardan kelishmoqda?

O‘zbekistonga ko‘chib kelganlar soni 2,5 barobarga oshdi: qaysi davlatlardan kelishmoqda?



Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026 yilning yanvar–iyun oylarida O‘zbekistonga xorijiy davlatlardan 1 649 kishi doimiy yashash maqsadida ko‘chib kelgan.

📊 Bu ko‘rsatkich 2025 yilning mos davriga nisbatan 976 nafarga yoki 2,5 barobarga oshgan.



🌍 Xorijdan doimiy yashash uchun ko‘chib kelganlarning asosiy qismi quyidagi davlatlar hissasiga to‘g‘ri kelgan:

Rossiya — 580 nafar

Qozog‘iston — 362 nafar

Tojikiston — 147 nafar

boshqa davlatlar — 560 nafar

🇺🇿 Hududlar kesimida xorijdan ko‘chib kelganlar soni:

Toshkent shahriga — 1 089 nafar;

Toshkent viloyatiga — 269 nafar;

Qoraqalpog‘iston Respublikasiga — 115 nafar;

Navoiy viloyatiga — 31 nafar;

Samarqand viloyatiga — 22 nafar;

Xorazm viloyatiga — 21 nafar;

Surxondaryo viloyatiga — 18 nafar;

Sirdaryo viloyatiga — 15 nafar;

Farg‘ona viloyatiga — 15 nafar;

Buxoro viloyatiga — 13 nafar;

Namangan viloyatiga — 13 nafar;

Jizzax viloyatiga — 12 nafar;

Andijon viloyatiga — 11 nafar;

Qashqadaryo viloyatiga — 5 nafar.

Kiritildi: Bugun 17:53. O'qildi: 899 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!