Bugun 3 sentyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Retkliffning Moskvaga tashrifi tafsilotlari ma’lum bo‘ldi

Retkliffning Moskvaga tashrifi tafsilotlari ma’lum bo‘ldi

SRU direktori Jon Retkliffning o‘tgan hafta Moskvaga tashrifi AQSh va Rossiya razvedka xizmatlari o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa kanallarini saqlab turish bilan bog‘liq bo‘lgan.

Bu haqda AQSh davlat kotibi Marko Rubio Fox News Radio'ga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Retkliffning safari asosan odatiy ishchi xarakterga ega bo‘lib, ikki mamlakat razvedka idoralari o‘rtasida bevosita muloqot mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirishga qaratilgan.

"Bunday aloqa kanallari inqiroz yoki mojaro paytida foydali bo‘lishi mumkin", — dedi Rubio.

Eslatib o‘tamiz, Jon Retkliff 25 avgust kuni Moskvaga borib, Rossiya rasmiylari bilan uchrashuvlar o‘tkazgan.

Bu uning SRU direktori lavozimiga tayinlanganidan keyin Rossiyaga amalga oshirgan ilk ma’lum tashrifi bo‘ldi.

Kiritildi: 23:47 02.09.2026. O'qildi: 1095 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!