Bugun 2 sentyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Zafarobod tumani hokimi va uning o‘g‘li YTHga uchradi

Zafarobod tumani hokimi va uning o‘g‘li YTHga uchradi
30 avgust kuni soat 07:45 larda Zafarobod tumani hududidan o‘tuvchi 25V-037 avtomobil yo‘lining 7-kilometrida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Zafarobod tuman hokimligi bergan dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, «MAZ» rusumli yuk avtomobili chapga burilish vaqtida qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan Zafarobod tumani hokimi G‘. Eshpo‘latov boshqaruvidagi «KIA SELTOS» rusumli xizmat avtomobili yo‘liga chiqib ketgan. Oqibatda ikki avtomobil to‘qnashgan. Hodisa natijasida tuman hokimi G‘. Eshpo‘latov va avtomobilda yo‘lovchi sifatida bo‘lgan uning voyaga yetmagan o‘g‘li SH. Eshpo‘latov turli darajadagi tan jarohatlari bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Jizzax filiali jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. «MAZ» haydovchisi B. Mo‘minov tan jarohati olmagan. Mazkur holat yuzasidan 30 avgust kuni Jinoyat kodeksining 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Kiritildi: Bugun 12:36. O'qildi: 807 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!