Ukrainaning Rossiyadagi energetika ob’ektlariga hujumlari va Erondagi qurolli amaliyot dunyoda "energetik shok"ni yuzaga keltirdi — AQSh moliya vaziri.
Skott Bescent bu haqda Fox News telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
"Ukraina Rossiyaning energetika ob’ektlari va neft mahsulotlarini portlatishga qaror qildi va bu jahon bozori narxlariga kuchli bosim o‘tkazmoqda", — dedi u.
Bescentning so‘zlariga ko‘ra, narxlar oshishining yana bir sababi Erondagi urush bo‘lgan. Uning ta’kidlashicha, Erondagi urushning yakunlanishi energiya resurslari narxining pasayishiga olib keladi.
Vladimir Putin Ukraina Qurolli Kuchlarining Rossiya ob’ektlariga bergan zarbalari ziyon yetkazgani, biroq ulardan jiddiy talafot ko‘rilmaganini aytib o‘tgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainaning Rossiyadagi ob’ektlarga hujumlari frontda Kiyev uchun vaziyat og‘irlashgani sababli boshlangan.