Toshkent viloyatida aholi uchun suv va kanalizasiya tariflari roppa-rosa 30 foizga oshdi.
1 iyundan aholi uchun bir kubometr ichimlik suvi narxi 2240 so‘mdan 2912 so‘mga oshadi. Kanalizasiya xizmatlari tarifi ham 1120 so‘mdan 1456 so‘mga ko‘tariladi.
Byudjet tashkilotlari va ulgurji iste’molchilar uchun suv tarifi 1 kubometr uchun 16 800 so‘mgacha, kanalizasiya uchun esa 3 360 so‘mgacha ko‘tariladi.