Bugun 26 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

Toshkent viloyati hokimining qishloq xo‘jaligi bo‘yicha birinchi o‘rinbosari ishdan bo‘shatildi

A A A
Toshkent viloyati hokimining qishloq xo‘jaligi bo‘yicha birinchi o‘rinbosari ishdan bo‘shatildi

✔️Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatiga tashrifi doirasida yig‘ilish o‘tkazgan. Bu haqida prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Tadbirda suv tejovchi texnologiya bo‘yicha Toshkent viloyati eng oxirgi o‘rindaligi aytilib, Viloyat hokimining qishloq xo‘jaligi bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Botir Bahodirovich Alimbekov mansabidan ozod qilingan.
Bunga qishloq xo‘jaligidagi imkoniyatlardan foydalana olmagani, tizimni ishlata olmagani sabab qilib ko‘rsatilgan.

Yig‘ilishda Toshkent viloyatida qishloq yerlari Andijondan 1,5 karra ko‘pligiga qaramasdan yetishtiriladigan mahsulot hajmi bir xilligiga urg‘u berilgan.

Viloyatdagi samarasiz 2 200 gektar bog‘ va tokzor hisobiga yiliga 10 million dollar eksport yo‘qotilmoqda.

Kiritildi: 23:57 15.10.2024. O'qildi: 999 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!