Bugun 10 may, 2025 yil, shanba

КИР

Toshkent va Namangan viloyatlarida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanganlik holatlari aniqlandi

Toshkent va Namangan viloyatlarida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanganlik holatlari aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangiyo‘l tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro K.SH. “Samarqand” MFY hududidagi umumiy ovqatlanish shoxobchasida tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanib, 433,5 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Yangi Namangan tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda “N.K.” MCHJ mas’ul shaxslari MCHJga tegishli issiqxonada tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanib, 186,6 mln so‘mlik, YATT “X.R.” (muqaddam sudlangan) va fuqaro SH.R. “Oromgoh” MFY hududidagi nonvoyxonada tabiiy gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib 148,3 mln so‘mlik energiya resurslaridan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlar o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 18:55 25.04.2025. O'qildi: 797 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!