1️⃣ Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo‘shinlari va Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda Ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Tojikiston Respublikasidan Sirdaryo daryosi orqali mamlakatimiz hududiga davlat chegarasini buzgan holda suzib o‘tgan – Bekobod shahrida yashovchi, 1998 y.t. fuqaro qo‘lga olinib, uning yonida bo‘lgan 5 kg 31 gr “gashish” moddasi prosessual tartibda rasmiylashtirib olindi.
2️⃣ Boshqa holatda esa DXX Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi va bojxona idoralari hamkorligida poytaxtda faoliyat yurituvchi xususiy tibbiy klinikalardan birining xonasi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, mazkur shifoxonada davolanayotgan 1970 y.t. shaxsga tegishli 1 kg 367 gr “gashish” moddasi borligi ma’lum bo‘ldi.
3️⃣ DXX Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi va Ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Farg‘ona tumanida istiqomat qiluvchi, 1998 y.t. shaxs muqaddam o‘zining jinoiy sherigi tomonidan xufiya joyga qoldirib ketilgan 1 kg 21 gr “gashish” moddasini olgan vaqtida ushlandi.
Shuningdek, uning yashash xonadonidan ham 2 gr “opiy” moddasi ashyoviy dalil sifatida olindi.
Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida, uning jinoiy sherigi hisoblangan – Farg‘ona shahrida yashovchi, 1998 y.t. fuqaro ham qo‘lga olindi.
4️⃣ Navbatdagi holatda esa oldindan kuzatuvga olingan Farg‘ona viloyatining Qo‘shtepa tumanida istiqomat qiluvchi, 1999 y.t. fuqaro o‘zining “Neksiya” rusumli avtomashinasida Marg‘ilon shahri hududida harakatlanib ketayotib avtoulovdan 996 gr “gashish” moddasini uloqtirib, voqea joyidan qochishga uringan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
⚖️ Hozirda qonunbuzarlarning barchasiga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.