Bugun 4 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

Toshkent-Urganch yo‘nalishida bir hafta oldin chipta qolmaydi, narxi qimmat

Toshkent-Urganch yo‘nalishida bir hafta oldin chipta qolmaydi, narxi qimmat

Mahalliy reyslarning 95 foizi “Havo yo‘llari” va “Silk avia” aviakompaniyalariga to‘g‘ri keladi. Qolgan 14 ta reysni 4 ta mahalliy aviakompaniya amalga oshirayapti.

Sababi, ichki reyslar jozibador emasligi uchun xususiy kompaniyalar asosan xorijga qatnayapti. Ichki bozorda raqobat bo‘lmagani uchun, Toshkent-Urganch yo‘nalishida bir hafta oldin chipta qolmaydi, narxi qimmat.

"Bu holatda xorijiy turist u yoqda tursin, mahalliy sayyohlar ham boshqa davlatga borishni afzal ko‘radi",
- dedi Prezident.

Shu munosabat bilan mutasaddilarga xususiy kompaniyalarni jalb qilib, Toshkentdan Urganchga qatnovlarni 2 karra oshirish topshirildi.

Barcha rezident kompaniyalarga ichki reyslarni subsidiyalash bo‘yicha qaror ishlab chiqib, kiritish vazifasi qo‘yildi.

Shuningdek, dam olish kunlari poyezdlar tarkibiga qo‘shimcha vagon ulab, yo‘lovchi tashishni 1,5 barobarga ko‘paytirish topshirildi.

Kiritildi: 12:44 02.05.2025. O'qildi: 677 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!