Toshkent tumanida yashovchi 23 yoshli ayol 4 nafar egizak (3 qiz,1 o‘g‘il) farzandli bo‘ldi. Respublika Perinatal markazida o‘tkazilgan jarrohlik amaliyoti muvafaqqiyatli olib borilib, ona va bolalar holati Sog‘liqni saqlash vazirligi, viloyat boshqarmasi tomonidan qattiq nazoratga olindi.
Kerakli barcha muolajalar davom ettirilmoqda. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar intensiv davolash muolajalarini olmoqda.