Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Toshkent teleminorasidagi 5 yil oldin yirtilgan bayroq qachon almashtiriladi? (foto)

Toshkent teleminorasidagi 5 yil oldin yirtilgan bayroq qachon almashtiriladi? (foto)

Toshkent teleminorasining uchiga 2012 yilda O‘zbekiston bayrog‘i o‘rnatilgan. Bu – bayroq o‘rnatilgan O‘zbekistondagi eng baland nuqta (375 metr) hisoblanadi.

Afsuski, bayroq yirtilgan – kecha yoki bugun emas, bir necha yildan buyon yirtiq holda "hilpiramoqda". Bu haqda hozirga qadar ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalar davom etib kelmoqda. Ko‘pchilik bayroqning yirtilganini bilmaydi. "Ko‘pchilik" deyilganda – xalq, odamlar nazarda tutilmoqda – teleminora direksiyasi emas!

Teleminora direktori vazifasini bajaruvchi Behzod Qo‘chqorbekovning "Qo‘shni mahalla"ga ma’lum qilishicha, bayroqning yirtilgani rost va u yakshanbadan dushanbaga o‘tar kechasi yangisiga almashtiriladi. Bayroqni almashtirish maxsus texnik sharoit talab etishi, ya’ni buning uchun inshootdagi elektr tarmog‘ini butunlay o‘chirish kerakligi aytildi.

Quyida ilova qilingan yirtiq bayroq tasviri aks etgan fotoni ko‘rgan direktor: "Bu 5 yil avval olingan rasm", deya izoh berdi.

Holbuki, manbalarning ta’kidlashicha, o‘tgan yili shahar haqida videorolik suratga olinayotganda ham bayroq xuddi shunday yirtiq holatda bo‘lgan. 

Aybdor kim deya berilgan savolga "shamol" deb javob qaytarildi.

Jinoyat kodeksi 21-moddasida "Davlat ramzlariga hurmatsizlik qilish" uchun jazo choralari tayinlangan: yo eng kam oylik ish haqining 25 baravarigacha miqdorda jarima yoki 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari.

Kiritildi: 18:18 23.05.2019. O'qildi: 5228 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!