Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Sultoniya ko‘chasining Buyuk Ipak yo‘li chorrahasidan to Sultoniya 5-tor ko‘chasigacha bo‘lgan qismida 2025 yil 10 aprel soat 10:00 dan 30 aprel soat 17:00 gacha transport harakati qisman cheklanadi. Bu haqda shahar hokimligi xabar qildi.
Bu davrda ko‘chada yuqori kuchlanishli (10 kV) yer osti elektr uzatish kabel liniyalarini o‘tkazish ishlari olib boriladi. Harakatlanish bir qatorda amalga oshiriladi.
«Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz va yo‘nalishni oldindan rejalashtirishingizni tavsiya etamiz», — deyiladi hokimlik xabarida.