Bugun 26 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

Toshkent shahridagi Inha universiteti kirish imtihonlarini onlayn rejimda namoyish etadi

A A A
Toshkent shahridagi Inha universiteti kirish imtihonlarini onlayn rejimda namoyish etadi

Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT) 2018 yil 19-20 iyul kunlari bo‘lib o‘tadigan kirish imtihonlarini onlayn rejimda tomosha qilishni istaganlar uchun imkoniyat yaratadi. 

Eslatib o‘tamiz, IUT uchinchi marotaba ketma-ket kirish imtihonlarining shaffofligi va oshkoraligini ta’minlash uchun IUT maxsus sahifada va universitetning “Facebook”dagi rasmiy sahifasi orqali jamoatchilik uchun onlayn rejimda namoyish etishni tashkil qilmoqda. 

IUT onlayn rejimda jamoatchilikka kirish imtihonlarini kuzatish imkoniyatini bergan O‘zbekistondagi birinchi universitetlardan hisoblanadi. 
 
Har bir xohlovchi live.inha.uz sahifasi orqali kirish imtihonlarini kuzatishlari mumkin. Kirish imtihonlari o‘tkaziladigan “O‘zko‘rgazmasavdo” zalida veb-kameralar o‘rnatilgan bo‘lib, ular barcha imtihonlarni onlayn rejimda namoyish etadi. 

Sahifa TAS-IX hududida joylashgan bo‘lib, u video oqimini yuklab olishning yuqori tezligini ta’minlaydi. Internet-provayderlarning ko‘pchiligi TAS-IX ga pul olmasliklarini inobatga olsak, foydalanuvchilar pullarini tejashadi.  
Shuningdek, IUT “Facebook”dagi ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifasi orqali kirish imtihonlarini onlayn rejimda namoyish etadi. 

Shuni ta’kidlash kerakki, IUT ma’muriyati kirish imtihonlari jarayonining ochiqligi va oshkoraligiga ishonch hosil qilishlari uchun ommaviy axborot vositalari vakillarini taklif qildi.

Manba: kun.uz

Kiritildi: 11:59 19.07.2018. O'qildi: 1287 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!