Bugun 31 oktyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Toshkent shahrida yashirin pivo ishlab chiqarish sexi fosh etildi

Toshkent shahrida yashirin pivo ishlab chiqarish sexi fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahri boshqarmasi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro V.T. va boshqalar Mirzo Ulug‘bek tumani, “Salar bo‘yi” ko‘chasidagi uyda yashirin sex tashkil qilib, qo‘lbola usulda iste’molga yaroqsiz pivo ichimligini ishlab chiqarayotganliklari aniqlanib, ushbu yashirin sexdan 22 turdagi pivo ichimliklari va ishlab chiqarishda foydalanilgan boshqa mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 276-11-modasi (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o‘tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 11:00 30.10.2026. O'qildi: 596 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!