"O‘zenergoinspeksiya" Toshkent shahar hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirida Uchtepa tumanida ma’muriy binoda loyiha hujjatlariga mos kelmaydigan nostandart uskunalar orqali tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelish holati aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida gaz ta’minoti korxonasining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra 277 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.
Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.