Bugun 19 aprel, 2025 yil, shanba

КИР

Toshkent shahrida ota 1,7 mlrd so‘m aliment to‘ladi

Toshkent shahrida ota 1,7 mlrd so‘m aliment to‘ladi

Majburiy ijro byurosi statistikasiga ko‘ra, bu 2025 yil uchun hozircha rekord hisoblanadi.

Toshkent shahrida ota hali 1 yoshga to‘lmagan farzandining 18 yoshga to‘lgunga qadar ta’minoti uchun alimentni oldindan to‘lab berdi. Bu haqda Kun.uz ’ga Majburiy ijro byurosi axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, MIBning Yashnobod tuman bo‘limiga mazkur ishning ijro hujjati kelib tushgan. Davlat ijrochilarning ota bilan suhbatlari natijasida u hali 1 yoshga ham to‘lmagan farzandi uchun voyaga yetgunga qadar alimentni to‘lash niyatini bildirgan.

Shundan so‘ng aliment pullari otaga hisoblab berilgan. Farzand ta’minoti uchun 18 yoshga to‘lguncha berilishi kerak bo‘lgan summa esa 1 mlrd 780 mln so‘mni tashkil qilgan. Erkak bu summani oldindan to‘lab bergani sababli ijro hujjati amalda tamomlangan.

Kiritildi: 15:40 09.04.2025. O'qildi: 921 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!