Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangihayot tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro A.I. fuqaro SH.B.ga 48 600 AQSh dollarini 600 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, tadbir davomida 49 900 AQSh dollari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.