Bugun 14 may, 2026 yil, payshanba

КИР

Toshkent shahri va viloyatida 70 dan ortiq ob’ekt faoliyati to‘xtatildi

Toshkent shahri va viloyatida 70 dan ortiq ob’ekt faoliyati to‘xtatildi

Maxsus komissiya tomonidan atmosferaga zarar yetkazayotgan manbalarni aniqlash va bartaraf etishga qaratilgan reyd tadbirlari davom ettirilmoqda.

Xususan, 9 dekabr kuni Davlat ekologik nazorat inspeksiyasi (Ekopolisiya) tomonidan Bosh prokuratura, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya hamda Ichki ishlar xodimlari bilan birga Toshkent viloyatining Qibray, Zangiota, Yuqori Chirchiq, Yangiyo‘l, Toshkent tumanlari va Toshkent shahrida navbatdagi reydlar amalga oshirildi.

Reyd tadbirlari davomida tadbir boshidan jami 3222 ta ob’ektning atmosfera havosini muhofaza qilishga oid qonunchilik talablariga qay darajada rioya qilayotgani o‘rganildi. Natijada 24 ta huquqbuzarlik aniqlandi.

25 noyabr – 9 dekabr kunlari o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida:

— 895 ta huquqbuzarlik holati aniqlandi va ma’muriy ish hujjatlari rasmiylashtirildi;
— atrof-muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatgan va qonunni buzgan 75 ta (Toshkent viloyatida 66 ta, Toshkent shahrida 9 ta) ob’ekt faoliyati 10 ish kuniga vaqtinchalik to‘xtatildi;
— 37 ta issiqxona ob’ektlarida filtrlar o‘rnatildi;
— 6 ta issiqxona ob’ektlari gaz tarmog‘iga ulandi hamda 7 ta ob’ekt tomonidan gazga ulanish uchun texnik shartga ariza topshirildi.

Reyd tadbirlari davom ettirilmoqda.

Kiritildi: 09:57 11.12.2025. O'qildi: 1231 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!