Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda qonunga xilof ravishda tamaki mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan fuqarolar V.S., A.K., I.A. va boshqalar fuqaro A.I.ga xorijiy davlatlarda ishlab chiqarilgan jami 800 dona “Velo” va “Suprime” nomli tamaki mahsulotlarini 4 700 AQSh dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalilar bilan ushlanganlar.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.