Bugun 14 noyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Toshkent shahar sudida talabalar uchun sayyor dars tashkillashtirildi

Toshkent shahar sudida talabalar uchun sayyor dars tashkillashtirildi

“Jinoyat prosessida amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish bo‘yicha klinik seminarlar” moduli bo‘yicha bo‘lib o‘tgan sayyor dars Toshkent shahar sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati sudyalari Elbekjon Turgunboyev, Anjelika Shamsutdinova, Odiljon Ilxomjonov tomonidan olib borildi. Bu haqda Toshkent shahar sudi matbuot xizmati xabar qildi...

Sudyalar “Yuqori turuvchi sudlarga shikoyat berish va protest keltirish klinik amaliyoti” mavzusi bo‘yicha o‘zining amaliy ko‘nikmalari bilan o‘rtoqlashdi.

Toshkent shahar sudida talabalar uchun sayyor dars tashkillashtirildiToshkent shahar sudida talabalar uchun sayyor dars tashkillashtirildi

Sudlangan yoki oqlangan shaxs, jabrlanuvchi hukm nusxasini olgan kundan boshlab, boshqa taraflar esa hukm e’lon qilingan kundan boshlab, yigirma kunlik muddat ichida shikoyat yoki protest keltirishi mumkinligini ta’kidlagan Toshkent shahar sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi Elbekjon Turgunboyev sud ishtirokchilaridan kimlarni qanday usulda xabardor qilinishi haqida ham to‘xtalib o‘tdi.

— Hukm chiqargan sud apellyasiya shikoyati, protesti berilganligi to‘g‘risida mahkumni, oqlangan shaxsni, ularning himoyachilarini, qonuniy vakilini, jabrlanuvchini, uning vakilini, shuningdek fuqaroviy da’vogarni, fuqaroviy javobgarni, ularning vakillarini agar shikoyat, protest ularning manfaatlariga daxldor bo‘lsa, xabardor qiladi. Ularga shikoyatning, protestning ko‘chirma nusxalari yoxud hukm chiqargan sudning internet-resursi orqali ularning elektron nusxalari bilan tanishish mumkinligi to‘g‘risida xabarnoma yuboriladi. Bunda taraflarga shikoyat, protest yuzasidan o‘z e’tirozlarini yozma shaklda yoxud elektron hujjat tarzida berish huquqi ularni taqdim etish muddati ko‘rsatilgan holda tushuntiriladi. Shikoyat, protest ustidan kelib tushgan e’tirozlar ishga qo‘shib qo‘yiladi. Taraflar apellyasiya shikoyatiga, protestiga doir e’tiroz bilan birga alohida holda yangi materiallarni taqdim etishga yoxud ularni talab qilib olish va tekshirish, shuningdek o‘zlari ko‘rsatgan jabrlanuvchilarni, guvohlarni, ekspertlarni, mutaxassislarni sudga chaqirish va so‘roq qilish haqida iltimosnoma berishga haqli. Apellyasiya shikoyati yoki protesti berilishi hukmning qonuniy kuchga kirishini va uning ijro ettirilishini to‘xtatib turadi. Hukm ustidan shikoyat berish va protest bildirish uchun belgilangan muddat tugagach, hukm chiqargan sud ishni shikoyatlar, protestlar hamda ular yuzasidan bildirilgan e’tirozlar, shuningdek taqdim etilgan qo‘shimcha materiallar bilan birga o‘n kundan kechiktirmay apellyasiya instansiyasi sudiga yuboradi, - deydi Elbekjon Turgunboyev.

Sayyor dars davomida talabalar sudlar tomonidan shikoyat yoki protest muddatini tiklashni rad qilish haqidagi ajrimlarga nisbatan keltirilgan xususiy shikoyat yoki protestlarni ko‘rib chiqib, apellyasiya instansiyasi sudi tomonidan chiqariladigan qarorlarning turlari kabi masalalalarda tushuntirishlar berilib, misollar keltirildi.

Kiritildi: 00:17 22.04.2022. O'qildi: 2785 marta. Fikrlar soni: 2 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!