Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Toshkent metrosida yana bir nosozlik sodir bo‘ldi

Toshkent metrosida yana bir nosozlik sodir bo‘ldi

Bugun, 20 sentyabr soat 09:10 da Toshkent metrosining "G‘ofur G‘ulom" bekatidan "Chorsu" bekatiga harakatlanishi lozim bo‘lgan 41-yo‘nalishdagi harakat tarkibida havo taqsimlash tizimida texnik nosozlik yuzaga kelgan.

Bu haqda Toshkent metropolitenining Jamoatchilik bilan aloqalari bo‘limi mutaxassisi Ilxomjon Qosimov Zamon.uz ma’lum qildi.

Harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida, yo‘lovchilar bekatda tushirilgan va ortda harakatlanib kelgan 43-yo‘nalishdagi harakat tarkibi yordam sifatida yetib, nosoz harakat tarkibini texnik ko‘rik punktiga olib ketgan. Texnik nosozlik 09:25 da bartaraf etilgan.

"Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz" — deydi, “Toshkent metropoliteni” UK o‘z xabarida.

Kiritildi: 11:56 20.09.2021. O'qildi: 1739 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!