Bugun Toshkent metrosidagi texnik nosozlik sababli bir poyezd harakatdan to‘xtatildi
23 may kuni soat 16:48 atrofida “Olmazor” bekatidan harakatlanishi kerak bo‘lgan 9-sonli poyezdda havo kompressori bosimi me’yorga javob bermagani aniqlandi.
Belgilangan tartibga ko‘ra, poyezd harakati to‘xtatilib, yo‘lovchilar bekatga tushirildi. Nosoz poyezd elektrodepoga yuborildi.
3 daqiqa o‘tgandan so‘ng orqadan kelgan poyezd orqali yo‘lovchilar manzillari tomon olib ketildi, deyiladi "Toshkent metropoliteni" DUK xabarida.