Kiyevda havo hujumi signali paytida portlashlar eshitildi. Bu haqda Ukrainaning "Jamoatchilik" nashri o‘zining Telegram-kanalida xabar berdi.
"Kiyevda portlash ovozlari eshitildi", — deyiladi xabarda.
Ukraina Raqamli transformasiya vazirligining onlayn xaritasiga ko‘ra, Kiyevda, shuningdek, Kiyev, Dnepropetrovsk, Jitomir, Kirovograd, Sumi, Rovno, Poltava, Chernigov, Xmelniskiy, Cherkas va Xarkov viloyatlarida havo reydlari haqida signal e’lon qilingan.
Voqealarning sabablari aniqlanmagan.
Avvalroq Ukraina shimoli-sharqidagi Sumi shahrida portlash ovozlari eshitilgan edi.