Pokiston va Hindiston o‘rtasidagi chegara hududlarida yuzaga kelgan beqaror vaziyat tufayli, faqat 2025 yil 8–9 may kunlari HY461/462 reyslari (Toshkent – Laxor – Toshkent yo‘nalishi) majburiy bekor qilinadi. Bu haqda "Uzbekistan Airways" xabar berdi.
Bekor qilingan reys yo‘lovchilari chipta narxini qaytarib olish yoki jarimasiz tarzda boshqa sanalarga qayta bron qilish uchun murojaat qilishlari mumkin.
Aviakompaniya vaziyatni diqqat bilan kuzatishda davom etadi va qabul qilinadigan qarorlar haqida qo‘shimcha ma’lumot beradi. Yangiliklarimizni kuzatib boring!
“Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz va tushunishingizga umid qilamiz”, deyiladi xabarda.