Bugun 9 may, 2026 yil, shanba

КИР

Toshkent harbiy okrugi psixologlari sardoba aholisiga psixologik yordam ko‘rsatmoqda

A A A
Toshkent harbiy okrugi psixologlari sardoba aholisiga psixologik yordam ko‘rsatmoqda

Toshkent harbiy okrugi harbiy psixologlari Sirdaryo viloyatining Sardoba suv omborida yuzaga kelgan tabiiy ofat oqibatida evakuasiya qilingan aholi bilan ijtimoiy-psixologik tadbirlarni amalga oshirishda faol ishtirok etmoqdalar.

Ushbu olib borilayotgan psixologik tadbirlardan ko‘zlangan asosiy maqsad, tabiiy ofat oqibatida jabrlangan fuqarolar orasida vahima va tushkunlik holatlarini bartaraf qilish, ularga psixologik yordam ko‘rsatish, aholi o‘rtasida asossiz va salbiy axborotlar tarqalishining oldini olish hamda fuqarolar, ayniqsa, yoshlarning axloqiy-ruhiy holatini barqarorlashtirishdan iborat.

Toshkent harbiy okrugi psixologlari sardoba aholisiga psixologik yordam ko‘rsatmoqdaToshkent harbiy okrugi psixologlari sardoba aholisiga psixologik yordam ko‘rsatmoqda

Mashg‘ulotlar davomida fuqarolar bilan psixologik trening, mashq va motivasion tadbirlar olib borildi.

Toshkent harbiy okrugi psixologlari tabiiy ofat natijasida jabrlangan aholiga psixologik yordam ko‘rsatishda davom etmoqda.

Toshkent harbiy okrugi Matbuot xizmati

 

Kiritildi: 20:02 04.05.2020. O'qildi: 2885 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!