Bugun 9 may, 2026 yil, shanba

КИР

Hizbulloh Isroil shimoliga raketa uradi

Hizbulloh Isroil shimoliga raketa uradi

Livanning Hizbulloh harakati Isroilning shimoliy hududlari — G‘arbiy Galileya va Hayfaga raketa hujumlari uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi.

AFP axborot agentligining xabar berishicha, guruh ushbu hujumni Naxariya shahri yaqinida joylashgan Isroil harbiy bazasiga qaratilgan deb bayon etgan.

Hizbullohning ma’lum qilishicha, raketa zarbalari 6 may kuni Isroil tomonidan Bayrutga amalga oshirilgan havo hujumlariga javob sifatida uyushtirilgan. Isroil armiyasi (IDF) esa ushbu zarba natijasida Hizbullohning “Radvan” maxsus bo‘linmasi qo‘mondoni halok bo‘lganini bildirgan.

6 may kuni Bayrutga qilingan hujum Isroil va Livan o‘rtasidagi sulhdan keyin IDF tomonidan amalga oshirilgan ilk aviasiya zarbasi bo‘lgani ta’kidlanmoqda.

Kiritildi: 22:44 08.05.2026. O'qildi: 258 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!