Sabab oddiy edi: odamlar o‘tmishni o‘qib, hozirgi hokimiyatni avvalgi davrlar bilan solishtirmasligi kerak edi. Imperator esa bu taqqoslash o‘z foydasiga bo‘lmasligini yaxshi tushungan.
Natijada Konfusiyning “Besh kitob”i, tarixiy arxivlar va Konfusiy hamda Lao-szi izdoshlarining asarlari yo‘q qilindi. Manbalarga ko‘ra, yuzlab faylasuf va kitobdonlar qatl etilgan.
Tarix shuni ko‘rsatadiki, mustaqil fikrlovchi olimlar va faylasuflar hokimiyat rasmiy g‘oyasiga qarshi chiqqan paytda eng birinchi nishonga aylangan.