Slovakiya bosh vaziri Robert Fiso Ukrainadagi mojaro yakun topishiga oz qolganini bildirgan.
Uning ta’kidlashicha, asosiy yo‘l — muloqot va muzokaralar.
“Men prezident Putinga yetkazmoqchi bo‘lgan asosiy xabarim — muloqot. Biz uchrashishimiz va birgalikda gaplashishimiz zarur. Men har qanday turdagi sulhning qat’iy tarafdoriman. Stol atrofida o‘tirib muzokara olib borish urushdan ming marta afzal,” — dedi Fiso.
U shuningdek, siyosiy masalalarni faqat diplomatik yo‘l bilan hal qilish muhimligini ta’kidladi.