Bugun 22 noyabr, 2024 yil, juma

КИР

Toshkent hamda Abu-Dabi fond birjalari o‘rtasida Anglashuv memorandumi imzolandi

Toshkent hamda Abu-Dabi fond birjalari o‘rtasida Anglashuv memorandumi imzolandi

Birlashgan Arab Amirliklari axborot agentligi – WAM “Toshkent” Respublika fond birjasi (RFB) Abu-Dabi qimmatli qog‘ozlar birjasi (ADX) bilan bir qator muhim tashabbuslar bo‘yicha hamkorlik qilish uchun o‘zaro Anglashuv memorandumini imzolaganini yoritdi.

O‘zaro Anglashuv memorandumi shartlariga ko‘ra, ADX va RFB elektron savdo va savdodan keyingi tizimlarni takomillashtirish, zamonaviy savdo usullari va texnologiyalarini almashish, bozor o‘sishi va innovasiyalarnirag‘batlantirishga qaratilgan ta’lim va o‘quv dasturlarida bir-birini qo‘llab-quvvatlash uchun hamkorlik qiladi.

– “Toshkent” Respublika fond birjasi bilan imzolangan ushbu kelishuv global aloqalarni kengaytirish va turli bozorlar o‘rtasida axborot almashish borasidagi sa’y-harakatlarimizda yangi bosqich bo‘ldi, - dedi ADX Bosh ijrochi direktori Abdulloh Salim An-Nu’aymiy. – Bu hamkorlik transchegaraviy bozor samaradorligi va likvidligini oshirish bo‘yicha bizning maqsadlarimizga to‘liq mos keladigan Markaziy Osiyodagi faoliyatimizni kengaytiradi. Biz yaqin kelajakda “Tabadul” (Almashish) platformasiga RFBni qo‘shishni intiqlik bilan kutamiz. “Tabadul” a’zolari bilan birgalikda biz investorlarimizga xalqaro bozorlarga kengroq kirish va ularning portfelini kengaytirish uchun innovasion yechimlarni taqdim etishga intilamiz va shu bilan jahon bozorida o‘sishni ta’minlovchi yetakchi institut sifatidagi mavqeimizni mustahkamlaymiz.

O‘z navbatida “Toshkent” RFB Boshqaruv raisi Georgiy Paresishvili Abu-Dabi qimmatli qog‘ozlar birjasi bilan o‘zaro Anglashuv memorandumini imzolanganidan mamnun ekanini bildirib, birjalar o‘rtasidagihamkorlikni yanada rivojlantirishga yo‘l ochilishini, broker-a’zolarini o‘zaro tan olish bo‘yicha so‘z yuritdi.

Bitim ikki davlat o‘rtasidagi transchegaraviy bozor faolligini kuchaytirishi, shuningdek, BAAda ham, O‘zbekistonda ham qimmatli qog‘ozlar bozorining o‘sishiga yordam berishi mumkinligi aytilmoqda.

Kiritildi: 02:24 24.04.2024. O'qildi: 913 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!